Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:44

Moliya vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi lavozimiga tayinlandi


Chorshanba kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi yangi elchisi Moskvada o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, Moskvadagi elchi lavozimiga Bahrom Ashrafxonov tayinlangan. 47 yoshli Bahrom Ashrafxonov bunga qadar Moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Yangi elchi 1993 yilda Toshkent iqtisodiyot universitetini va 1994 yilda AQShning Kentukki universitetini tamomlaganidan so‘ng O‘zbekiston moliya tizimida ishlab kelgan.

Bunga qadar O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi lavozimida Akmal Kamolov ishlagan. U o‘tgan yilning dekabrida “O‘zpaxtasanoateksport” xoldingi boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan elchilikdan bo‘shatilgan edi.

XS
SM
MD
LG