Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:26

Amerikaliklar "Super seshanba" saylovida prezidentlikka nomzodlarni tanlaydi


AQShning 13 shtatidagi saylovchilar "Super seshanba" deb nom olgan 1 mart kungi saylovlarda ovoz beradilar.

Bugungi praymeriz saylovlari 2016 yili AQShda bo‘ladigan prezidentlik saylovida qatnashadigan nomzodlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

11 ta shtatdagi demokratlar tarafdorlari ikki nomzod - Hillari Klinton va senator Berni Sandersdan birini tanlashi lozim. Bular Alabama, Arkanzas, Kolorado, Jorjiya, Massachusets, Minnesota, Oklaxoma, Tennesi, Texas, Vermont va Virjiniya shtatlaridir.

Respublikachilar esa bu 11 shtat bilan birga Alyaska va Vayoming shtatlarida 5 nomzoddan birini tanlashi lozim. Saylovoldi so‘rovlari natijasiga ko‘ra, respublikachilardan nomzod Donald Tramp Texasdan boshqa barcha shtatlarda g‘alaba qozonishi mumkin. Trampdan keyingi o‘rinda senator Ted Kruz bormoqda. Bundan tashqari, senator Marko Rubio, Ohayo shtati gubernatori Josh Keysik va iste’fodagi neyroxirurg Ben Karsonlar respublikachilardan prezidentlikka nomzodlik uchun kurashmoqda.

XS
SM
MD
LG