Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:16

Kievda uchuvchi Savchenko ozodligini talab qilgan yuzlab namoyishchi yig‘ildi


Kievda yuzlab namoyishchi Rossiyada hibsda qolayotgan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenko ozodligini talab qilib namoyish o‘tkazmoqda.

Namoyishda Ukraina parlamenti qonunchilari ham ishtirok etmoqda.

#Free Savchenko shiori bilan 8 mart kuni 500 kishi atrofida boshlagan namoyish tushga yaqin yana yuzlab tarafdorlar hisobiga kengaydi.

Namoyishchilar Savchenko ozodligini talab qilib prezident Vladimir Putinga yo‘llangan murojaat ostida yig‘ilgan imzolarni Rossiya elchixonasiga topishirishni rejalamoqda.

200 dan ziyod siyosatchi va boshqa mashhur shaxslar ham Rossiyadan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoni ozod qilishni talab qilish bo‘yicha “favqulodda choralar” ko‘rish chaqirig‘i bilan Yevropa liderlariga ochiq xat yo‘lladi.

Nadejda Savchenko 2014 yil iyulida Ukraina hududidan Rossiyaga o‘g‘irincha olib chiqib ketilgan. Rossiyada uchuvchi ayol Ukrainadagi fuqarolar urushini yoritayotgan ikki rus jurnalistining o‘limida ayblanmoqda.

Hozirda sudlanayotgan Savchenkoga nisbatan 9 mart kuni hukm o‘qilishi mumkin. Prokuror ukrain uchuvchisiga 23 yillik qamoq jazosi so‘ramoqda. Savchenko o‘ziga bildirilgan ayblovni tan olmagan.

Sud Savchenkoni so‘nggi so‘zdan mahrum qilganidan so‘ng uchuvchi ayol 10 kunlik ochlik e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG