Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:11

Janubiy Koreya O‘zbekistonda "aqlli sug‘orish tizimi"ni barpo etadi


Janubiy Koreya mutaxasislari O‘zbekiston suv xo‘jaligini modernizatsiyalash ishlarini amalga oshiradi. Bu haqda 22 mart kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tayangan holda Regnum agentligi xabar berdi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan 7 million dollar miqdorida moliyalanadigan mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonda suvni katta miqdorda tejab qoladigan “aqlli sug‘orish tizimi” yaratilishi kutilmoqda. Loyiha 4 yil davomida amalga oshiriladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ekin maydonlarini sug‘orish uchun suv yetishmasligi doimiy muammoga aylangan. O‘zbekiston rasmiylari suv yetishmasligida Qirg‘iziston va Tojikistonni ayblab keladi.

O‘zbekistonlik mutaxasislarga ko‘ra, bu ikki mamlakatda Sho‘rolar davrida barpo etilgan suv omborlari zahiralari elektr energiyasi ishlab chiqarishga yo‘naltirilayotgani ortidan O‘zbekiston dalalariga suv yetmay qolmoqda.

XS
SM
MD
LG