Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:18

AQSh Kongressi binosida o‘q otildi


Vashingtonda AQSh Kongressi joylashgan Kapitoliy binosida noma’lum odam o‘q otgani xabar qilindi.

O‘q Kapitoliyning sayyohlar uchun ochilgan qismida otilgan. Assoshieytet press agentligi o‘q otgan odam qo‘lga olinganni ma’lum qildi. Agentlikning xabar berishicha, o‘qdan bir politsiyachi yaralangan. Biroq rasmiylar bu ma’lumotni rad etdi va politsiyachilardan hech kim jarohatlanmagannini bildirdi. Ayrim xabarlarda o‘q otgan odam politsiya tomonidan yarador qilingani aytilmoqda.

Mazkur voqeadan so‘ng Kapitoliy va unga yaqin joyda joylashgan Oq Uy binolari kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlana boshlandi.

Kapitoliyda o‘q otilgan paytda Oq Uyda minglagan bolalar ota-onalari bilan Pasxa bayramini nishonlayotgan edi. Ular zudlikda Oq Uyning yerto‘lasiga evakuatsiya qilingan.

XS
SM
MD
LG