Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 12:08

Germaniya tashqi ishlar vaziri Toshkentga safar qiladi


Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer 30 mart kuni Toshkentga keladi.

Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati 29 mart kuni ma’lum qildi.

Tashrif davomida Frank-Valьter Shtaynmayer O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va boshqa o‘zbek rasmiylari bilan uchrashadi.

O‘zbekiston TIV bayonotida aytilishicha, so‘zlashuvlar chog‘ida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Frank-Valter Shtaynmayer ayni vaqtda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi hamdir.

XS
SM
MD
LG