Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 08:56

BMT qochqinlar masalasini hal etishda davlatlardan yordam so‘radi


BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun jahondagi barcha davlatlarni qochqinlar masalasiga befarq bo‘lmaslikka va bu muammoni hal qilishda ko‘mak ko‘rsatishga chaqirdi.

Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tayotgan qochqinlar masalasi bo‘yicha xalqaro anjumanda so‘zlagan Ban Ki Mun 2018 yilgacha Suriyadagi urushdan qochib kelgan 500 ming odamga boshpana berishda jahon davlatlaridan ko‘mak so‘radi.

Fevralda Londonda o‘tgan qochqinlar masalasiga bag‘ishlangan anjumanda rivojlangan davlatlar qochqinlar muammosini muvofiqlashtirish uchun 11 milliard dollar moliyaviy yordam ko‘rsatishlarini bildirgan edi.

Suriyada 5 yildan beri davom etayotgan urush oqibatida kamida 250 ming odam halok bo‘lgan, 5 million odam esa qochqinga aylangan.

XS
SM
MD
LG