Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 22:35

Toshkent viloyatliklar uchun yopiq qo‘rg‘onga aylandimi?


Viloyatlardan Toshkentga mehmonga kelganlar militsiya hisobida turmasa, jarimaga tortilishi haqidagi 1 apreldan boshlab amalga oshgan qaror va uning ehtimoliy oqibatlarini Qurultoy eshittirishida muhokama qildik. Vazirlar Mahkamasining maxsus qaroriga ko‘ra, endilikda Toshkentdagi sanatoriylarga dam olish uchun kelganlar ham militsiya hisobida turishlari majburiy qilib belgilangan.

Bu tartibni buzganlar jarimaga tortiladi va Toshkentdan majburan chiqarib yuboriladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi tanish-bilishi yoki qarindoshinikiga mehmonga kelgan viloyatliklar endilikda poytaxtda faqat 5 kun mobaynida yashashlari mumkin. 5 kundan uzoq qoladigan odam militsiya bo‘limiga borib hisobga turishi lozim.

Xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish Respublika bo‘limi (xalq tilida OVIR)dan olingan ma’lumotga ko‘ra, viloyatlardan kelganlar hisobda turish uchun 5 kun muddat ichida Toshkent shahri va viloyatida vaqtincha turgan joyidagi militsiya tayanch punktiga borib, hujjat topshirishi shart.

Yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 26 fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan amalga tadbiq qilinmoqda.

1 apreldan boshlangan ushbu tartibni Eltuz.com rassomi hajv qildi.

Тошкент вилоятликлар учун ëпиқ қўрғонга айландими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:32:34 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG