Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:05

Tog‘li Qorabog‘da tomonlar otashkesimga erishdi


Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish borasida kelishimga erishganlar.

Yerevan va Boku hukumatlari otashkesim seshanba mahalliy vaqt bilan 12.00dan kuchga kirganini bildirdi.

So‘nggi uch kun ichida Tog‘li Qorabog‘dagi otishmalarda o‘nlab odam nobud bo‘ldi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi so‘nggi ikki kun ichida Tog‘li Qorabog‘da 16 harbiysi halok bo‘lganini bildirdi.

O‘z navbatida Armaniston tomoni Tog‘li Qorabog‘da qurolli mojaro boshlangan 2 apreldan buyon 20 askari nobud bo‘lgani, 70 nafari yaralangani haqda ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG