Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:18

M.Obutov: Diniy idora hukumatning bayramlarni dinga moslash talabini rad etsin!


"Islom va musulmonlar" eshittirishining so‘nggi ikki soniga munosabat bildirgan Muhammadsolih Obutov O‘zbekiston hukumati Diniy idoradan har bayramni Islomga moslashtirishni talab qilmoqda, deb ta’kidladi. Uning fikricha, bugungi musulmonlar bayramlarga munosabat bobida bir necha yo‘lni tutgan va demokratik G‘arb modeliga eng yaqin yo‘l "Qur’oniylar"nikidir, O‘zbekistonda hukumat ma’qullagan hanafiylar mazhabida esa ikki Hayitdan boshqa bayram yo‘qdir.

"Islom va musumlmonlar" eshittirishining so‘nggi ikki sonida Navro‘zni nishonlash mumkinligi haqida diniy idora bergan fatvo va aqidaga zid bo‘lmagan bayramlarga Islom hukmi haqida o‘zbekistonlik ahli ilm bilan suhbat berilgan edi.

Bu yilgi Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy saytida bayramni nishonlash mumkinligi "Qur’on" oyati va hadislar bilan asoslab berilgan Juma ma’ruzasi matni e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan Ozodlikka intervyu bergan idora raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur bu bayramning O‘zbekistonda din yoki e’tiqodga umuman daxli yo‘q, bu kun yangilanish, dehqonchilik mavsumining boshlanishi sifatida nishonlangani bois, uni rad etish johillik mazmunida fikr bildirgan edi.

Bu maqolaga ko‘plab munosabat bildirildi va tinglovchi-mushtariylar bahsida "Islomda bayramga munosabat qanday?" degan savol yana o‘rtaga chiqdi.

"Islomda ikki Hayitdan boshqa bayramlar harom" degan bir toifa bilan "Aqidaga zid bo‘lmagan bayramlarga dinda taqiq yo‘q" degan toifa o‘rtasida yana qizg‘in bahs boshlandi.

Biz bugun nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning boshqa davlatlarida ham o‘z dindoshlari, ham boshqa din, millat vakillari bilan yonma-yon yashayotgan o‘zbekistonlik musulmonlarni ayni mavzuda bir-bir suhbatga taklif qilayapmiz.

Bunga qadar o‘zbekistonlik yosh ahli ilm Abror Muxtor Aliy ayni mavzuda fikr bildirib, "Aqidaga zid bo‘lmagan bayramlarni zamonamiz ulamolari rad qilmaydi", degan xulosani tilga oldi.

Ayni mavzuda suhbatlashish istagini bildirgan navbatdagi suhbatdoshimiz Shvetsiyadagi o‘zbekistonlik sobiq imom Muhammmadsolih Obutov bu fikrni qisman quvvatlar ekan, bu mazmundagi fatvolarning kelib chiqishiga e’tiborni qaratdi. Ayni paytda, masalaning O‘zbekiston uchun dolzarb bir jihatiga e’tiborni qaratdi:

- O‘zbekistonda diniy idora har bayram yoki tadbirni Islomga moslashitirishga urinarkan, dinni buzyapti va buni ulardan hukumat talab qilayapti. Bizning idoradagilar aytmaydimi: "Bizda din davlatdan ajratilgan. Milliy yoki boshqa bayramlarni qilaveringlar, lekin dinga aralashtirmanglar, din tursin o‘zining joyida" deyishi kerak, deya olishi kerak, - dedi, jumladan, Obutov.

Quyida u kishi bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

М.Обутов: Диний идора ҳукуматнинг байрамларни динга мослаш талабини рад этсин!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:27:56 0:00
Бевосита линк

Musulmonlarning Navro‘z va umuman, ikki Hayitdan boshqa bayramlarni nishonlashi mumkinki yoki yo‘qmi, musulmonlarning boshqa din va millat vakillari bilan aloqalarida ularning diniy, milliy, an’anaviy va davlat miqyosidagi bayramlariga qanday munosabatda bo‘lishi kerak, degan savollarga javob berishni istagan ahli ilm va tolibi ilmlarni suhbatga chorlaymiz!

Marhamat, bizga bog‘laning:

WhatsApp + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER + 420 602 612 713

SKYPE ozodskype, ozodlikonline, ozodovoz

XS
SM
MD
LG