Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2024, Тошкент вақти: 03:32

Poroshenko: Niderlandiyadagi referendum natijalari Ukrainaning Yevropa sari yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lolmaydi


Ukraina Niderlandiyada o‘tkazilgan va Kiev uchun salbiy bo‘lgan referendum natijalari tufayli yevrointegratsiya rejasidan voz kechmaydi. Ukraina prezidenti Petro Poroshenko 7 aprel kuni ana shunday bayonot berdi.

“Aminmanki, strategik jihatdan bu voqea Ukrainaning Yevropa sari yo‘lida to‘siq bo‘lib hisoblanmaydi. Bu voqeaga qaramay, men Ukraina Assotsiatsiya haqidagi bitimni turmushga tatbiq qilishda davom etishini, Yevropa Ittifoqi bilan chuqur va har narsani qamrab oluvchi erkin savdo hududi yaratilishini ta’minlashini mas’uliyat bilan bildiraman, chunki bu ukrain davlati modernizatsiyasiga va mustaqilligining mustahkamlanishiga eltuvchi yo‘ldir”, deya ta’kidladi Poroshenko.

Ukraina prezidenti Niderlandiyadagi referendum konsultativ xarakterga egaligini eslatdi. “Endilikda Hollandiya hukumati, parlamenti, siyosatchilari o‘z so‘zlarini aytishlari kerak”, dedi Poroshenko.

IPSOS sotsiologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Assotsiatsiya to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha Hollandiyada o‘tgan referendumda saylovchilarning 32 foizi ovoz bergan. “Referendum bo‘lib o‘tdi” deya e’tirof etilishi uchun unda 30 foizdan kam bo‘lmagan saylovchi ishtirok etishi lozim edi.

Ekzit-pol natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 37,5 foizi Ukraina bilan assotsiatsiyani yoqlab ovoz bergan, 61,7 foizi esa bunga qarshi chiqqan

XS
SM
MD
LG