Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:50

Minor masjidi xonaqohga sig‘magan namozxonlarga o‘z eshigini yopdi


Minor O‘zbekistonning eng katta va eng hashamatli masjididir.
Minor O‘zbekistonning eng katta va eng hashamatli masjididir.

8 aprel kuni nafaqat Toshkent¸ balki O‘zbekistonning eng katta va hashamatli ibodatgohi sanalgan Minor masjidiga kelgan ayrim namozxonlar na masjid binosi va na hovlisiga kiritildi. Masjid darvozalari namozxonlar yuziga yopilgach¸ joynamoz bilan kelganlar yerto‘la yoki uning n atrofida ibodat qilishga majbur bo‘ldi.

“Bugun bir noxush ish bo‘ldi. Juma namoziga 15 daqiqa qolganda¸ masjid eshiklarini berkitib olib¸ musulmonlarni kirgizishmadi ichkariga. Faqat podvalga yo‘l ochiq edi. Podval to‘lib¸ odam sig‘maganidan keyin¸ odamlar ko‘chada qoldi. Bu Anvar qorining masjidi¸ Minorda bo‘layapti. Tashqarida qolganlarda bu yerdan suringlar¸ degandek muomala qilishdi”¸ deyiladi Ozodlikka juma namozidan chiqiboq yo‘llangan xabarda.

Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda 8 aprel kuni Minorga namozga borgan toshkentliklardan biri tashqarida qolganlarga nima bo‘lganiga oydinlik kiritdi.

“Masjida namoz o‘qishga borgan odamlar hech qachon ibodat qilmasdan qaytishmaydi¸ qor yog‘sa ham¸ do‘l yog‘sa ham namozini o‘qiydi. Podvalga odam to‘lib ketdi¸ nafas olib bo‘lmaydigan bo‘lgandan keyin sig‘maganlar joynomozi bo‘lsa¸ masjid devorining yonida amallab o‘qidi. Namoz o‘rtalariga borib¸ darvozani ochishdi¸ qarasak¸ hovli bo‘m-bo‘sh. O‘zlari xonaqohga kirib eshiklarni tambalab¸ va’z qilib o‘tirishdiyu¸ oddiy namozxonlarni podvalga¸ ungayam sig‘maganlarni ko‘chada qoldirishgani juda xunuk ish bo‘ldi. Shuncha yil jumaga qatnab¸ bunaqasini birinchi ko‘rishim¸ deydi Minorga namozga borganlar biri o‘z shaxsi ochiqlanmasligi sharti bilan.

Bu xabar ortidan Ozodlik Minor masjidi rasmiylari bilan bog‘landi.

Masjid imomining Ozodlikka bilvosita bergan izohiga ko‘ra¸ Minor masjidi eshiklarini namozxonlar yuziga yopish haqida imom yoki boshqalar ko‘rsatma bermagan.

“Xonaqoh to‘lganidan keyin namozga kelganlarning o‘zlari odamlar urilib-siqilib qolmasin deb¸ eshikni yopgan bo‘lishlari mumkin. Bu hamma masjidda ham bo‘ladigan narsa va voqeani bo‘rttirishga hojat yo‘q. Minorga istalgan odam namozga kelishi mumkin”¸ dedi Ozodlikka masjid vakili.

2014 yilda Toshkent markazida qurilgan “Minor” jome’ masjidi 2400 kishiga mo‘ljallangan va qurilish qurilishi O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan 2013 yili boshlangan edi.

Minor ochilishiga kelgan prezident Karimov bu masjidni O‘zbekiston musulmonlariga o‘zining maxsus sovg‘asi sifatida talqin etib¸ bu masjidga nafaqat toshkentliklar¸ balki istalgan o‘zbekistonlik istagan vaqtida kelib¸ namoz o‘qishi mumkinligini alohida ta’kidlagan edi.

Каримов Минор масжидида
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:53 0:00

O‘zbekistondagi eng katta masjid sanaladigan Minor masjidiga 2015 yil noyabrida Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov tayinlangan.

XS
SM
MD
LG