Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:04

Hindistondagi ibodatxonada halokatli yong‘in yuz berdi


Hindiston rasmiylarining ma’lum qilishicha, mamlakat janubidagi Kerala shtatida joylashgan ibodatxonada yong‘in kelib chiqishi oqibatida 80dan ziyod odam halok bo‘ldi.

Kerala shtati ichki ishlar vaziri Ramesh Chennitalaning aytishicha, Peravur shaharchasida 10 aprelda yuz bergan yong‘inda yana 200ga yaqin odam jarohat oldi.

Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, hindu bayrami paytida ibodatxonaning mushaklarga to‘la omborxonasi portlab ketgan va ibodatxonaning bir qismi qulab tushgan.

"Bu ibodatxonada har yili bayram paytida mushakbozlik bo‘ladi,- dedi Chennitala. – Biz vayronalar ostida qolganlarni qutqarish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilayapmiz."

Hindistondagi ibodatxonalarda turli diniy marosimlar paytida odatda mushaklar otiladi.

Bunday bayramlar paytida talafotlar tez-tez yuz berib turadi.

XS
SM
MD
LG