Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:08

Naqd pul taqchilligining yuki bojxonachilarga ham tusha boshladi


Markaziy bank naqd pul taqchilligi hal etilmasa bu jiddiy oqibatlar olib kelishi mumkinligidan bir yil avval ogohlantirilgan edi
Markaziy bank naqd pul taqchilligi hal etilmasa bu jiddiy oqibatlar olib kelishi mumkinligidan bir yil avval ogohlantirilgan edi

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari o‘z ish haqlari qisqartirilganidan shikoyat qilib, Ozodlikka murojaat qilishdi. “Davlat korrupsiyaga qarshi kurashayotgan bir paytda, huquq-tartibot idoralari xodimlarining maoshini qisqartirishi mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Dardimizni kimga aytishni balmadik”, deyiladi maktubda. Respublika bojxona qo‘mitasi moliya boshqarmasi boshlig‘i Ozodlik bilan suhbatda xodimlarga 15 foizlik rag‘batlantiruv to‘lovlari vaqtincha to‘xtatilgani, shuningdek, maoshlar vaqtida berilmayotgani naqd pul taqchilligi bilan bog‘liq ekanini tan oldi. O‘zbekiston iqtisodidagi kamomad bois davlat tashkilotlari ishchi-xizmatchilari ish haqi bilan bog‘liq muammolar surunkali tus olmoqda.

Ozodlikka murojaat qilgan bir guruh bojxonachilar o‘z shaxslari sir qolishini iltimos qilishdi. Shu sababdan ular Davlat bojxona qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasiga doir ekanini ayta olamiz xolos. Shundoq ham kechiktirib beriladigan ish haqlari qisqartirilganidan shikoyat qilgan bojxona xodimlari Ozodlikka o‘tgan oyda murojaat qilishgan edi. Lekin Ozodlik muxbiri bilan telefon orqali suhbatlashishdan bosh tortishgani bois, ular ilgari surgan iddaoni tekshirish uchun vaqt talab etildi.

“Bizda hozirda Navruz bayramiga tayyorgarlik ketyapti, shuning uchun kazarma holatidamiz. Lekin bayram arafasida bizning oylik ish haqimizni qisqartirishib, yaxshi ish qilishmayapti. Axir hamma narsa qimmatlagan bir vaqtda, ayniqsa, hozirda huquq-tartibot idoralarida, poraxurlik, tamagirlik va korruptsiyaga qarshi ishlar ketayotgan bir vaqtda nimaga oyligimizni oshirish urniga kamaytirayotgani aqlga sig‘maydigan ish va bu bizni ranjitmoqda. Dardimizi kimga aytishni bilmadik”, deya yozishgan edi andijonlik bojxonachilar 15 mart kuni.

Endi faqat munosib xodimlar rag‘batlantiriladi

Maktubga ilova qilingan hujjatdan ayon bo‘lishicha, gap shu paytgacha to‘lab kelingan 15 foizlik rag‘batlantiruv ustama to‘lovlarining bekor qilingani haqida ketmoqda. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Rahmedov imzolagan hujjatda 15 foizlik ustama to‘lovlarni 2016 yilning 1 martidan vaqtincha to‘xtatish buyurilgan.

Maktbuga ilova qilingan hujjatdan ayon bo‘lishicha, gap shu paytgacha to‘lab kelingan 15 foizlik rag‘batlantiruv ustama to‘lovlarining bekor qilingani haqida ketmoqda
Maktbuga ilova qilingan hujjatdan ayon bo‘lishicha, gap shu paytgacha to‘lab kelingan 15 foizlik rag‘batlantiruv ustama to‘lovlarining bekor qilingani haqida ketmoqda

Ozodlik 13 aprel kuni moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Rahmedov bilan gaplashishga muvaffaq bo‘ldi. Bojxona qo‘mitasi mulozimi rag‘balantiruv to‘lovlari vaqtincha bekor qilinganini tasdiqladi va buning sababini hozirda xodimlarni ishlash samaradorligiga ko‘ra rag‘batlantirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bilan izohladi.

- Hammaga 15 foiz berar edik. Lekin tekshiruv bo‘lganida bu tanqid qilindi. Tekshiruvchilar hammaga 15 foiz berish shart emas, hammaga xizmatiga ko‘ra 50 foizgacha berish kerak, deyishdi. Na kajdogo chelovkeka GTK, personalno, pofamilno prikaz chiqaramiz-de (“Davlat bojxona qo‘mitasining har bir xodimiga alohida buyruq chiqaramiz”, demoqchi-tahr.), kechroq ishga kirganga 5 foiz, undan oshiqrog‘iga oshiq, eng yaxshi ishlayotganlarga 50 foizgacha oshirish bo‘yicha buyruq loyihasi turibdi. Hozir, bugun-erta imzolanadi, hammasini joy-joyiga qo‘yamiz. Moliya vazirligi byudjetdan kelayotgan pulni to‘xtatishga mening haqqim yo‘q. Prosto, vremenno prisotanovit qilindi, pereraschet qilib beriladi hammasi (“Shunchaki, vaqtincha to‘xtatildi, qayta hisoblab, hammaning haqi beriladi”, demoqchi-tahr.).

Moliya boshqarmasi boshlig‘i bu muammo aprel oyida hal bo‘lishini va’da qildi.

Maoshlar naqd pul kamomadi sababli kechikmoqda

Dardini kimga aytishni bilmagani uchun Ozodlikka murojaat qilgan bojxonachilarning yana yozishicha, o‘zi bir yarim yildan beri oylik maoshlari kamida bir oyga kechiktirib berib kelingan.

“Gap shundaki, biz bojxona organlari oylik ish haqlarimizni vaqtida olmasdan har oyning ish haqini keyingi oyga utib berishyapti. Bu xolat bir yarim yildan beri surunkali davom etayapti. Masalan, bu oy – mart oyini hatto plastik kartaga tushadigan 33 foizi ham tushmadi. Odatda plastikka har oyning 12-kunida tushar edi”, deyiladi maktubda.

Davlat bojxona qo‘mitasining Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i maoshlar kechikayotgani bilan bog‘liq muammo borligini ham e’tirof etdi. “Bu endi ko‘pga kelgan to‘y”, deya izoh berdi Jamshid Rahmedov.

- Byudjetdan pul olamiz, bir kun qolmasdan joylarga chiqarmaiz. Hozir xabaringiz bormi, yo‘qmi – banklarda naqd pul muammosi bor. Qaysidir viloyat pulni birpasda oladi, qaysidir viloyatda bankdan naqd pul olish muammo bo‘lib qolyapti. Toshkent shahrida ham juda ko‘p muammo. Har doim bankka boramiz, kassirlarimiz ertаlabdan kechgacha navbatda turib qaytib kelishadi. U endi menga, bizga bog‘liq emas. Uni markaziy bankning ma’sul xodimiga telefon qilib, gaplashishingiz mumkin, dedi boshqarma boshlig‘i.

Mukofotni ham munosiblar oladi

Andijonlik bojxonachilar shikoyatida Navro‘z bayrami munosabati bilan ajratilgan mukofot pullari berilmayotgani ham ta’kidlangan.

“Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshligi urinbosari A. Xasanov prezident qarorini o‘zgartirib, qonunbuzarlik holatlarini aniqlamagan xodimlarni prezident ajratgan mukofot pulidan 50 foizdan 100 foizgacha gacha kesib tashlayapti. Chegaralar qattiq qo‘riqlanayotgan bir davrda xodimlar qaerdan qonunbuzarlik holatni aniqlaydi, degan savolni o‘ziga bermaydi”, deya shikoyat qiladi bojxona xodimlari.

Jamshid Rahmedov Navro‘z bayramiga har bir xodimga bir oylik maoshi miqdorida mukofot berishga etarli mablag‘ ajratilganini iddao qildi. Lekin xodimlarni mukofotlash masalasi har bir viloyat boshqarmasi boshlig‘i vakolatida, deya bildirdi u.

Plastikka majburlanganning dabdalasini chiqaraman

Respbulika Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i andijonlik hamkasblarining hozirda ish haqlarini 50-100 foizgacha bank to‘lov kartalariga o‘tkazish harakati ketayotganiga bildirgan e’tirozlarini ham javobsiz qoldirmadi.

- Bu, 50 foizigacha chiqarasan, degan buyruq davlat bojxona qo‘mitasidan ketmagan. Protsentini belgilash mening qo‘limda emas. Chunki yurtboshimizning (prezident Islom Karimovning, demoqchi- tahr.) topshiriqlari bilan hamma ixtiyoriy ravishda plastik kartochkaga o‘tkazilsin, deyilgan. Biz shunaqa, ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishini, har bir boshqarma o‘zining kengaytirilgan yig‘ilishida ko‘rib chiqib, na dobrovolnoy osnove (“ixtiyoriy ravishda”, demoqchi-tahr.) o‘tkazilyapti, dedi boshqarma boshlig‘i.

Jamshid Rahmedov o‘z so‘zlariga asos sifatida, bojxona xodimlari maoshlarini majburan bank to‘lov kartalariga o‘tkazayotgan mulozimlarning “dabdalasini chiqarib qo‘yish” bilan ham tahdid qildi.

O‘zbekiston iqtisodida naqd pul kamomadi borligi bundan roppa-rosa bir yil avval Markaziy bank rahbariyati tarafidan bosh vazir Shavkat Mirziyoevga yo‘llagan ichki bildirishnomasida e’tirof etilgan edi. Ozodlikka sizdirilgan Markaziy bank raisning birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Mustafoev imzolagan maktubda naqd pul taqchilligi hal etilmasa bu jiddiy oqibatlar olib kelishi, xususan, kuch ishlatar idoralar xodimlari maoshsiz qolishi mumkinligidan ogohlantirilgan edi.

Ozodlik o‘tgan bir yil davomida davlat byudjetidan moliyalanadigan idoralar, jumladan ichki ishlar xodimlari va ishlab chiqarish korxonalarida maoshlar bir necha oylab kechikayotgani to‘g‘risida qator maqolalarni e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG