Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:41

OzodNazarPlus: Putin tan olgan hujjatlarga oid anoyining savollari


Moliyaviy masalalar bo‘yicha tahlilchi Farhod Inog‘omboev.
Moliyaviy masalalar bo‘yicha tahlilchi Farhod Inog‘omboev.

Rossiyaliklar bilan 14 aprel kuni o‘tkazgan jonli muloqoti davomida Vladimir Putin offshor hududlardagi yashirin moliyaviy faoliyat haqida fosh etilgan ma’lumotlarni haqiqiy, deb bilishini aytdi. Ayni paytda, u bu hujjatlarni sizdirganlarni “suvni loyqatayotganlikda” aybladi. Bas, agar hujjatlar haqiqiy ekan, unda nima uchun ularni e’lon qilganlar “suvni loyqatayotgan” bo‘ladi?

Oldinroq, 7 aprel kuni, Panamadagi Mossack Fonseca advokatlik shirkatiga oid 11 milliondan ko‘proq maxfiy hujjatlarning sizdirilishiga munosabat bildirgan Rossiya prezidenti¸ offshor bank hisoblarining o‘ziga aloqador ekani haqidagi taxminlarni rad qilgan edi.

Panama Leaks voqeasini G‘arbning Moskvaga qarshi navbatdagi ig‘vosi deb baholagan Putin¸ o‘zining bolalik o‘rtog‘i¸ musiqachi Sergey Rolduginning noqonuniy moliyaviy operatsiyalarga aloqadorligini ham inkor qilgandi.

G‘arb matbuotiga sizdirilgan Panama shirkati hujjatlari¸ tahlilchilarga ko‘ra¸ Putinga yaqin shaxslarning 2 milliard dollarni offshor bank hisoblari orqali yuvganini taxmin qilishga asos beradi.

Fosh etilgan Mossack Fonseca hujjatlari dunyoning aksar davlatlaridagi hokimiyat rasmiylari va badavlat shaxslarning soliqdan qochish ëki pul yuvish amaliyotlariga tortilganiga oid janjallarga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, bu janjalning mag‘zi nimada?

Bu savolga moliyaviy masalalardan uzoq odamning mustaqil javob topishi mushkul.

Shuning uchun eshittirishning bugungi soniga AQShda yashayotgan, shu mamlakatdagi moliya-kredit muassasalaridan birida xizmat qilayotgan moliyaviy masalalar bo‘yicha tahlilchi Farhod Inog‘omboevga anoyining bir necha savolini berdik.

OzodNazarPlus: Фарҳод Иноғомбоев оффшор жанжали тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:36 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG