Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:06

Prezident Karimov Yaponiya hukumatiga hamdardligini bildirdi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abega Kyusyu orolida o‘nlab odam hayotiga zomin bo‘lgan va katta talafot yetkazgan kuchli zilzila munosabati bilan hamdardligini bildirdi.

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlari vazirligi 17 aprel kuni xabar qildi.

Yaponiyada kuchlanishi 7,3 darajada bo‘lgan zilzila 16 aprel kuni tongga yaqin sodir bo‘ldi va kamida 32 kishi nobud bo‘ldi, mingga yaqin odam jarohatlandi. Aholi avvaldan ogohlantirilgani bois, insoniy talofotlar oz bo‘ldi, ammo aholi uylari va infrastrukturaga jiddiy zarar etdi.

Bu Kyusyu oroli Kumamoto mintaqasida 30 soat ichida ketma-ket sodir bo‘lgan ikkinchi zilziladir. Birinchi zilzila 14 aprel kuni ro‘y berdi va unda 9 odam nobud bo‘ldi.

Yaponiyadagi eng halokatli zilzilalardan biri 2011 yilning 11 mart kuni ro‘y bergan. O‘shanda 15 mingdan ziyod odam nobud bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG