Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:29

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Tehronga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviashirkati Korean Air bilan hamkorlikda Eron poytaxti Tehronga yuk tashuvchi parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari” ning bildirishicha, birinchi parvoz Tehronga 29 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Parvozlar haftasiga ikki marta - dushanba va juma kunlari O‘zbekistonga qarashli Boeing-767-300BCF samolyotlarida amalga oshiriladi.

Xabarda aytilishicha, Tehronga parvozlar “Navoiy” xalqaro aeroporti bazasida yo‘lga qo‘yiladi. Ayni paytda mazkur aeroportdan Frankfurt, Vena, Milan,Saragosu, Tel-Aviv, Deli, dubay, Mumbay va Seulga yuk tashiladi.

XS
SM
MD
LG