Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:58

NATO va Rossiyaning to‘xtab qolgan muloqotlari qayta tiklandi


Bryusselda NATO va Rossiya vakillari o‘rtasida Ukrainaga qarashli Qrim yarim orolining Rossiya tomonidan anneksiya qilingani ortidan qariyb 2 yil oldin to‘xtab qolgan muloqotlar qayta tiklandi.

So‘zlashuvlar arafasida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg NATO-Rossiya kengashi majlisi oshkoralik ifodasi ekanini, maqsad harakatlarni o‘zaro oldindan ko‘ra bilish uchun fikr almashish va Ukraina bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish ekanini bildirdi.

O‘tgan haftada Rossiya va NATO harbiy kuchlari o‘rtasida bir necha intsident bo‘lib o‘tdi. Rossiya harbiy uchoqlari Boltiq dengizida AQSh harbiy kemasi uzra bir necha bor o‘ta yaqin masofada uchib o‘tdi. Boshqa bir holatda xalqaro havo hududida Rossiya samolyoti AQSh samolyotini go‘yoki “qo‘lga olgani”ni namoyish qildi.

XS
SM
MD
LG