Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:16

Eronda afg‘onistonlik qizaloqning o‘ldirib ketilgani keskin qoralanmoqda


 Qotillikni qoralash maqsadida Afg‘onistonning Tehrondagi elchixonasi oldida to‘plangan kam sonli namoyishchi politsiya xodimlari tomonidan tarqatib yuborildi.
Qotillikni qoralash maqsadida Afg‘onistonning Tehrondagi elchixonasi oldida to‘plangan kam sonli namoyishchi politsiya xodimlari tomonidan tarqatib yuborildi.

10 aprel kuni Eronning Varamin shahrida afg‘onistonlik 6 yashar qizaloq Sayatosh Qurayshiyning qo‘shnisi tomonidan o‘ldirilgani oddiy eronliklar va hukumat rasmiylari tomonidan qoralanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, qizaloq qotillikdan avval zo‘rlangan. Politsiya xodimlari 17 yoshli o‘smir qotillikka iqror bo‘gani, lekin Qurayshiyga jinsiy tajovuz qilganini rad etayotganini bildirdi.

Hozirda qotillik yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda va joriy hafta tibbiy ekspertiza natijalarining e’lon qilinishi kutilmoqda.

Mazkur qotillik eronlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning ko‘pchiligi tomonidan keskin qoralanmoqda. Qotillikni qoralash maqsadida Afg‘onistonning Tehrondagi elchixonasi oldida to‘plangan kam sonli namoyishchi politsiya xodimlari tomonidan tarqatib yuborildi.

Qizaloqning otasi Sher Og‘a Qurayshiy 16 yil avval Afg‘onistondan Eronga mehnat muhojirligiga kelgan. Otaning Eron matbuotiga aytishicha¸ Sayatosh tushlik payti uylari yaqinidagi do‘kondan shirinlik sotib olish uchun chiqib ketib, qaytib kelmagan. Qattiq xavotirga tushgan ota-ona tuni bilan qizaloqni izlab topolmagach¸ ertalab politsiyaga xabar berishgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay qizaloqning jasadi topilgan.

Qizaloqning oila a’zolari qotilga o‘lim jazosi berilishini so‘ramoqda.

Eronliklar¸ qolaversa afg‘onistonlik muhojirlar o‘z oilasiga hamdardlik bildiraëtganini ta’kidlagan Qurayshiy¸ ayni paytda Eron matbuoti qotillikni yoritishga oshiqmaganini aytadi.

“Agar qurbon eronlik, qotil esa afg‘onistonlik bo‘lganida, matbuot beparvo shu kabi bo‘lgan bo‘larmidi?”, deydi u.

Hozirda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida afg‘onistonlik qizaloq xotirasiga bag‘ishlangan “Men Sayatoshman” deb nomlangan sahifa ochildi va bu sahifaga bir necha kun ichida 10 mingdan oshiq odam qo‘shildi.

XS
SM
MD
LG