Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:00

Lukashenka: Belarus hech qachon Rossiyaning yugurdagi bo‘lmaydi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenka Rossiyani o‘z mamlakatining suveren va mustaqil maqomini e’tiborga olishga chaqirdi.

Payshanba kuni Belarus xalqi va parlamentiga qilgan murojaatida Lukashenka “Men rossiyaliklar, ayniqsa Rossiya rahabariyati, biz hech qachon yugurdak bola bo‘lmasligimizni tushunishlarini istayman. Biz sizlar bilan bitta uyda yashayotgan, ammo alohida kvartirasiga ega mustaqil, suveren davlatmiz”, deb bildirdi.

Lukashenka Rossiya Belarusning muhim strategik hamkori ekanini ta’kidlagan holda, G‘arb ham Belarus uchun jduda muhim ekanini aytdi.

Belarus, Ukraina va Rossiya har doim umumslavyan makonida yashashini bildirgan Lukashenka Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini isloh qilishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG