Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:03

Qarshida mahbusni qiynagani uchun qamalgan 4 militsioner ozodlikka chiqarildi


Shu yilning 27 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudining apellyatsiya sudlov hay’ati tergov davrida gumonlanuvchining ketiga to‘qmoq tiqib, qiynashda ayblangan 13 nafar militsiya xodimi hamda 2 nafar fuqaroning qilmishiga oid jinoyat ishini qayta ko‘rib chiqdi.

Pora olish, qiynoq va asossiz ravishda hibsda ushlab turish kabi 11 jinoyatda aybdor deb topilib, uzoq yillik qamoq muddatlariga hukm qilingan militsiya xodimlariga berilgan jazo muddatlari qisqartirilib, ularning 4 nafari ozodlikka chiqarildi.

Ozodlik radiosi mobil muxbirlarining xabariga ko‘ra, sudning yuqori bosqichida jinoiy guruh boshlig‘i deb ko‘rilgan Qarshi shahar ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i Akmal Qultoevga nisbatan belgilangan 11 yilllik jazo muddati o‘zgarishsiz qoldirilgan. Tezkor vakillar Jasur Alimardonov hamda Jahongir Nazarovlarga berilgan jazo ikki yilga kamaytirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Repsublikasi JKning 57-moddasi asosida jinoyat ishining 4 nafar militsiya xodimiga tegishli qismi qayta ko‘rilib, ular amnistiya akti bilan ozodlikka chiqarilgan. Ozodlikka chiqarilganlar orasida yana bir nafar fuqaro ham bor.

Mahkama ishini yaqindan kuzatgan O‘zbekiston inson huquqlari “”Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, Qashqadaryo sudi "juda katta ijtimoiy ahamiyatga molik" jinoyat ishini ko‘rishda ko‘plab protsessual xatoliklarga yo‘l qo‘ygan:

“Jinoyat ishi materiallarida chalkashliklar, guvohlarning o‘zaro zid ko‘rsatmalari hamda protsessual xatoliklar ko‘p. Qiynoq masalasi kuchli ijtimoiy illat ekani, uning bir uchi siyosatga ham borib taqalgani bois ish juda pishiq-puxta ko‘rilishi, adolat qaror topishi muhim edi. Haqiqatan ham jinoyat ishida jabrlanuvchilarga qiynoq tufayli og‘ir tan jarohati yetkazganlar bor. Ammo sud tergov organining xulosalarini qonulashtirgan xolos”, deydi huquq faoli.

“Ozodlik”ning 2015 yilning 30 dekabrdagi xabarlarida mahkamada ishtirok etayotgan advokatlardan biri militsiya xodimlarining javobgarlikka tortilishi hamda mahkamaga asos bo‘lgan voqealar xronikasini quyidagicha so‘zlab bergandi:

“2015 yilning yilning sentyabr oyi boshlarida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro Rossiyada ishlayotgan o‘g‘lidan Qarshidagi bank pul o‘tkazmasi orqali 400 AQSh dollari miqdorida pul olgan. Bank muassasasi oldida fuqaroning pul olganini ko‘rgan, muqaddam 4 marta o‘g‘irlik va talonchilik jinoyati bilan sudlangan “G‘ilay” laqabli shaxs uni “Umida” choyxonasida qo‘rqitib, pulini tortib olgan. Fuqaroning Qarshi shahar IIBga murojaatidan so‘ng jinoyat qidiruv bo‘limining xodimlari jinoyatchini tutib, bo‘limda yuzlashtirish o‘tkazishgan. Gumondor aybini tan olganiga qaramay, militsiya xodimlari uni avval urishgan, so‘ng orqa chiqaruv teshigiga dubinka tiqishgan”, degandi advokat.

Apellyatsiya sudidan so‘ng advokat: “...sudda ko‘pchilik xodimlarning bu jarayondagi ishtiroki isbotlanmadi, ammo shunga qaramy ho‘lu quruq baravar yondi. Sud xodimlarning 4 nafarinigina ozod qildi”, deydi advokat.

O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat tomonidan muntazam qiynoqlar qo‘llaniluvchi davlatlar sirasiga kiritilib kelinadi. 2007 yilda BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi O‘zbekistonda mahbuslarga nisbatan qiynoq va noinsoniy munosabat “keng tarqalgan”, deya xulosa qilgan edi.

XS
SM
MD
LG