Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:49

AQSh va Rossiya Halabda janglar to‘xtatilishi haqida kelishib oldi


AQSh va Rossiya Suriyada sulh muddatini cho‘zish va to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan Halab viloyatida jangovar harakatlarni to‘xtatish yuzasidan o‘zaro kelishib oldi. AQSh Davlat departamenti bu boradagi bayonotida Moskva va Vashington birgalikda yangi shartnomaga rioya etilishini monitoring qilishni kuchaytirishi aytilgan.

Hujjatda Rossiya Suriya prezidenti Bashar Assadga bosimni ikki barobar kuchaytirishi lozimligi urg‘ulanadi. O‘z navbatida, AQSh muxolifat kuchlariga ta’sir ko‘rsatishga va’da qiladi. Joriy yil fevral oyida Rossiya va AQSh vakillari ishtirokida otashkesim bitimi tuzilgan, biroq uni turmushga tatbiq etish katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Suriyaning asosiy tijoriy shaharlaridan biri bo‘lgan Halabda, diplomatlarning urinishlariga qaramay, ikki haftadan buyon keng ko‘lamli jangovar harakatlar tinmayapti.

Yaqin orada BMT Xavfsizlik kengashining Suriyadagi vaziyatga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tishi kerak. Ommaviy axborot vositalari va huquq faollari xabariga ko‘ra, Halabning hukumat kuchlari nazorat qilayotgan hududi isyonchilar tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 4 may kuni uch kishi halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG