Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:42

Atambaev Qirg‘iziston konstitutsiyasi mamlakat suverenitetiga putur yetkazishini bayon qildi


Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambaev mamlakat konstitutsiyasining ayrim bo‘lmilari “Qirg‘iziston suverenitetiga putur yetkazadi” va “unga tuzatishlar kiritlishi kerak”, deya bayon qildi.

Rossiyaning Interfaks agentlgi 5 may kuni chop qilgan intervyuda Atambaev “bu moddalar qanchalik tezroq tuzatilsa, shuncha yaxshiroq”, deya ta’kidladi.

Atambaev bu firkrlarni bildirishidan bir necha kun avvalroq uning yordamichisi Busurmankul Taabaldiev BMT Inson huquqlari komissiyasini millati o‘zbek huquq faoli Azimjon Asqarovga Qirg‘iziston oliy sudi chiqargan hukmni bekor qilishni talab etganini keskin qoralagan edi. Taabaldiev komissiyaning talabini Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashuv, deya atadi.

Qirg‘iziston konstitutsiyasi fuqarolar o‘z huquqlari himoya qilinishini so‘rab, xalqaro sudlarga murojaat etishlariga ruxsat beradi va unda Qirg‘iziston hukumati xalqaro sudlar chiqargan hukmlarni bajarishi shartligi belgilangan.

Azimjon Asqarov 2010 yilda O‘sh voqealariga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingan edi. Xalqaro hamjamiyat Asqarovga nisbatan jinoyat ishi soxtalashtirilganiga ishonilishini bildirib keladi.

2015 yilda Asqarovga AQShning “Inson huquqlari himoyachisi” mukofoti topshirilgan. Bu holat Bishkek rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Asqarovga mukofot berilishi ortidan Qirg‘iziston hukumati AQSh bilan hamkorlik shartnomasini bekor qilgan edi.

XS
SM
MD
LG