Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:31

Bishkekda O‘zbekiston - Qirg‘iziston siyosiy maslahatlashuvlari boshlandi


O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari sovuqlashgani ortidan ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar yopiqligicha qolmoqda.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari sovuqlashgani ortidan ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar yopiqligicha qolmoqda.

Bugun Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar boshlandi. Joriy yilning mart va aprelь oylaridagi voqealardan so‘ng munosabatlari yanada sovuqlashgan ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar so‘nggi bir necha yil ichida birinchi marta o‘tkazilmoqda.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining Ozodlik radiosiga bildiriishcha, 11 may kuni Bishkekda boshlangan O‘zbekiston-Qirg‘iziston siyosiy maslahatlashuvlariga kelgan o‘zbek delegatsiyasiga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari Muhammadjon Botiraliev rahbarlik qilmoqda. Qirg‘iz tomonidan esa maslahatlashuvlarda Tashqi ishlar vazirligining Birinchi siyosiy departamenti boshlig‘i Aybek Moldagaziev rahbarligidagi delegatsiya ishtirok etadi.

- Bunday siyosiy maslahatlashuvlar 1990 yillarda va 2000 yillarda ham bo‘lgan edi. Maslahatlashuvda ikki tomonlama aloqalar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Maslahatlashuvlarning qachon tugashi hozircha aniq emas, bu muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha echim topilishiga bog‘liq. Maslahatlashuvlar natijalari haqida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot beriladi, - dedi Ozodlik radiosiga Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nurlan Suerkulov.

So‘nggi marta o‘zbek- qirg‘iz siyosiy maslahatlashuvlari 2013 yilning 24-25 dekabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan edi.

Qirg‘iziston hukumati o‘tgan oyda O‘zbekiston foydalanib kelgan yigirmaga yaqin ob’ektlarni, jumladan, kanallar, suv omborlari, pansionatlar va neft qazib olinuvchi quduqlarni Bishkek ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risda qarorlar qabul qilgan edi.

Qirg‘iziston hukumatining chegaralarni aniqlash bo‘yicha mutasaddisi Qurbanbay Iskanderov 3 may kuni O‘zbekiston foydalanib kelgan 20 ob’ektadan 12 tasi to‘lig‘icha Qirg‘iziston ixtiyoriga o‘tkazilganini ma’lum qildi. Bugungi kunda esa Issiqko‘ldagi O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan 4 pansionatni Qirg‘izistonga o‘tkazish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

“Maslahatlashuvlarda mana shu ob’ektlar masalasi ham ko‘rib chiqiladimi?” degan savolga Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Axborot departamenti maslahatchisi Melisbek Baysimakov “Yo‘q”, deb javob berdi.

- Bu ob’ektlar masalasida hukumatning maxsus komissiyasi bor. Bu masala o‘sha komissiya orqali muhokama qilinadi. Maslahatlashuvlarda esa ikki davlat Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasidagi aloqalar va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga oid dolzarb muammolar haqida gap bo‘ladi, - dedi Melisbek Baysimakov.

2016 yilning 18 martida O‘zbekiston bahsli bo‘lib turgan hududga bir necha kunga harbiy texnika va askar kiritgani ortdan uncha yaxshi bo‘lmagan O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari yanada sovuqlashib ketgan edi. Bu sovuqlashuv ortidan Bishkek hukumati Sho‘rolar davridan beri Qirg‘iziston hududida joylashgan, ammo O‘zbekiston foydalanib kelgan ob’ektlarni Qirg‘izistonga o‘tkazib olish bo‘yicha keskin qarorlarni chiqargan edi.

O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlarining sovuqlashuviga Bishkekning Qambarota-1 GESini qurish rejasi omil yaratgani aytilib kelinadi. O‘zbekiston bu GES qurilishi ortidan transchegaraviy suv zahiralari nazorati Bishkek hukumati qo‘liga o‘tib qolishi va ekologik bo‘hron yuzaga kelishidan tashvish bildirib kelmoqda.

2009 va 2012 yillarda Rossiya Qambarota GESi qurilishiga deyarli 2 milliard dollar berishni va’da qilgan. Keyinroq Moskva o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib, Bishkek Qambarota masalasida qo‘shni davlatlar, jumladan, Toshkent bilan o‘zaro kelishib olishi lozimligini ta’kidlagan.

2015 yilning dekabrida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev jamoatchilikka Rossiya va’da qilingan pullarni bermasligi aniq bo‘lganini aytgan. Shundan so‘ng qirg‘iz parlamenti Moskva bilan hamkorlikdagi loyihalarga oid shartnomalarni bekor qilgan edi.

XS
SM
MD
LG