Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:03

Toshkentlik haydovchilar yo‘llarni o‘zlari ta’mirlamoqda


Toshkentlik haydovchilar yo‘llarda paydo bo‘lgan nosozliklarni o‘zlari bartaraf etmoqdalar.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlarda aytilishicha, kecha toshkentlik bir guruh haydovchilar Nurafshon va Sebzor ko‘chalari kesishgan joydagi yo‘lda paydo bo‘lgan chuqurlarni o‘zlari yamab chiqqanlar. Bu chuqurlar bir oy oldin paydo bo‘lgan, ammo yo‘l ta’miriga mas’ul tashkilotlar tomonidan shu kungacha ta’mirlanmay qolayotgan edi.

Voqea guvohlarining bildirishlaricha, mazkur tashabbusni o‘z ismi sir qolishini istagan stomatolog ko‘targan. U sement va qum olib kelib, yo‘lni ta’mirlay boshlagan. Shundan so‘ng unga boshqa haydovchilar ham ko‘mak bera boshlagan.

XS
SM
MD
LG