Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:48

Afg‘on hukumati "Hizbi Islomiy" janggari guruhi bilan tinchlik bitimiga erishgan


Afg‘onistonning Oliy tinchlik kengashi “Hizbi Islomiy” janggari guruhi bilan tinchlik kelishuviga erishganini bildirdi.

Afg‘on hukumati va “Hizbi Islomiy” vakillari orasidagi tinchlik muzokaralari shu yilning 17 mart kuni boshlgangan edi.

Janggari guruh yetakchisi Gulbiddin Hikmatiyor Afg‘onistondagi eng salohiyatli dala qo‘mondonlaridan biri hisoblanadi.

Hikmatiyor yetakchiligidagi guruh bilan tinchlik kelishimiga erishish prezident Ashraf G‘ani hukumati uchun mamlakatda osoyishtalikni taminlash yo‘lidagi muhim burilish sifatida ko‘rilmoqda.

"Hizbi Islomiy" 1980 yillarda sovet askarlariga qarshi kurashgan eng kuchli janggari guruhlardan biri bo‘lgan.

Guruh Afg‘oniston poytaxti va boshqa bir necha yerda hujumlar uyushtirgani ma’lum.

"Hizbi Islomiy" 2013 yilning may oyida Qobulda amalga oshirgan xudkush hujumda kamida 15 odam halok bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG