Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:57

Pentagon: ID Iroqda egallab olgan yerlarining qariyb yarmini boy berdi


“Islomiy davlat” guruhi AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya amaliyotlari natijasida Iroqda egallab olgan hududining 45 foizidan, Suriyada esa qariyb 20 foizidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda 16 may kuni Vashingtonda Pentagon mulozimi Piter Kuk ma’lum qildi.

AQShning xalqaro koalitsiyadagi vakili Brett Makgerk esa jihodchilar neftga boy yerlarning katta qismidan ajralganini bildirdi. Makgrekka ko‘ra, IDga kelayotgan naqd pul kanallari ham yopilgan.

Makgrek Suriyada hukumat kuchlari va mo‘’tadil muxolifat o‘rtasida to‘qnashuv to‘xtaganidan keyin IDga qarshi kurash yanada muvaffaqiyatliroq kecha boshlaganini qayd etdi.

XS
SM
MD
LG