Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:44

Yo‘qolgan Misr uchqichiga oid qoldiqlarning topilgani taxmin etilmoqda


EgyptAir shirkatining Parijdan Qohiraga uchayotgan paytda radardan yo‘qolgan yo‘lovchi uchqichini qidirish ishlari davom etmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra¸ Gretsiyaning Krit orollari yaqinidan ikki katta bo‘lak plastik topilgan va dastlabki taxminlarga oid¸ u qidirilayotgan uchqich qoldiqlari bo‘lishi mumkin.

O‘tgan tunda Parijdan havoga ko‘tarilgan Airbus A320 uchqichi bortida 56 yo‘lovchi va 10 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning 15 nafari Fransiya fuqarolari bo‘lgan.

Uchqich yo‘qolishi bilan Misr va Fransiya rahbarlari favqulodda yig‘in o‘tkazdi va har ikkala hukumat rasmiylari¸ uchqichning yo‘qolishiga terrorchilik ëki texnik nosozlik sabab bo‘lgani taxmin etilayotganini bildirdi.

Misr harbiylariga ko‘ra¸ uchqich O‘rta er dengizi ustida uchayotgan mahal Misr havo hududiga o‘tganidan so‘ng radardan yo‘qolgan. Yo‘qolish arafasida uchqich falokat signali bergan.

Gretsiya havo dispetcherlari¸ uchqich o‘z hududidan normal xayrlashib chiqib ketganini bildirdi. Ayni paytda¸ Gretsiya Mudofaa vaziri uchqich radardan yo‘qolish arafasida uning avvaliga o‘z yo‘nalishini 90 gradus chapga o‘zgartirgani¸ so‘ngra 360 gradus o‘ngga burilgani va to‘satdan¸ 7000 metrga tushib ketganini bildirdi.

O‘tgan tunda O‘rta yer dengizida suzayotgan Gretsiya yuk kemalaridan biri¸ uchqich radardan yo‘qolishi bilan bir vaqtda osmonda olovli shar ko‘ringanini ma’lum qildi.

Hozirda Misr¸ Gretsiyava Frantsiya kemalari va uchqichlari yo‘qolgan uchqichni qidirish jarayoniga jalb etilgan.

Misr va Fransiya rahbarlari uchqichning yo‘qolishida biror taxmin ehtimoldan soqit qilinmayotganini bildirdi.

Mart oyida Aleksandriyadan Qohiraga uchaëtgan uchqich beliga bomba bog‘langanini iddao qilgan yo‘lovchi talabi bilan Qibrisga qo‘ndirilgan va olti soatlik muzokaralardan so‘ng¸ bu shaxs taslim bo‘lgan edi.

O‘tgan yil oktyabr oyida bortida 224 odam bo‘lgan Rossiya yo‘lovchi uchqichi Misrning Sinay oroli ustida portlab ketgan edi.

“Islomiy davlat” terror guruhi uchqich yukxonasiga o‘ziga tarafdor aeroport xizmatchisi tomonidan olib kirilgan bomba uchqichni portlatganini iddao qilgan edi.

XS
SM
MD
LG