Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:56

O‘zbekiston hukumat saytlariga xakerlar hujum qilgani to‘g‘risidagi xabar rad etildi


Generic -- Hacker
Generic -- Hacker

O‘zbekiston axborot xavfsizligi markazi davlat idoralari Internet saytlariga xakerlik hujumlari uyushtirilgani to‘g‘risida matbuotda tarqatilgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Markaz payshanba kuni tarqatgan bayonotda aytilishicha, ayrim xorij ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston davlat idoralari saytlari xakerlik hujumlariga uchragani to‘g‘risida shov-shuvli maqolalarni e’lon qilgan.

“Bugungi kunda davlat idoralarining barcha saytlari odatdagi rejimda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ularga hechya qanday xakerlik hujumlari uyushtirilmagan”, deyiladi bayonotda.

Markazning bildirishicha, bugungi kunda mutaxasislar kunu tun Internetning milliy segmenti monitoringgini olib bormoqda. Bu esa UZ Internet zonasidagi xavfsizlikning ta’minlanishini kafolatlamoqda.

XS
SM
MD
LG