Madridning “Real” jamoasi 11 marta Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi.
28 may kuni Milanning “San Siro” stadionida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida “Real” Madridning yana bir boshqa jamoasi – “Atletiko” ustidan penaltilar bo‘yicha 5:3 hisobida g‘alabaga erishdi.
O‘yinning birinchi taymida “Real” himoyachisi Serxio Ramos kiritgan bo‘lsa, ikkinchi taym oxirlarida “Atletiko” hujumchisi Yannik Karrasko hisobni tenglashtirdi.
Qo‘shimcha vaqtda hisoblar o‘zgarmadi - 1:1.
Ammo penaltilar bo‘yicha “Real”ning “Atletiko” ustidan qo‘li baland keldi.
Krishtianu Ronaldo g‘alaba golini urdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi dunyoda jamoalar o‘rtasidagi musobaqalarning eng yirigi hisoblanadi.