Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:06

Ukrainadagi qariyalar uyida chiqqan yong‘inda kamida 16 kishi halok bo‘ldi


Kiev yaqinidagi Litochki qishloqda joylashgan qariyalar uyida chiqqan yong‘inda kamida 16 kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi yo‘qoldi, deya xabar berdi Ukraina Favqulodda vaziyatlar vazirligi 29 may kuni.

"Qutqaruvchilar 18 kishining hayotini saqlab qolishdi, ulardan beshtasi shifoxonaga yotqizildi," deya ta’kidlanadi vazirlik bayonotida.

Xabarlarga ko‘ra, ikki qavatli binoda yong‘in 29 may kuni erta tongda yuz bergan.

Yong‘in chog‘ida Litochki qishlog‘idagi qariyalar uyida 35 odam bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG