Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:08

Iroq qo‘shinlari Falluja shahrini ishg‘ol etish harakatida


Fallujaga hujum qilayotgan Iroq qo‘shinlari u yerda o‘rnashib olgan “Islomiy davlat” guruhi jangarilarining qarshiligiga duch kelmoqda. Xalqaro koalitsiya uchoqlari dastagida piyoda askarlar 30 may kuni shaharga hujum boshlaganlar. Ular Falluja janubidagi uchastkalarni egallashga, sharq va shimoldan shahar tomon ilgarilashga muvaffaq bo‘lganlar.

Bu orada poytaxt Bag‘dodda sodir bo‘lgan portlashda 20 dan ziyod odam nobud bo‘ldi. Portlashlar uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Taxminlarga ko‘ra, Fallujada shu kunda 1200 nafarga yaqin jangari, 50 ming chog‘li tinch aholi vakili bor. Bu shahar 2014 yil yanvaridan buyon “Islomiy davlat” guruhi nazoratida.

XS
SM
MD
LG