Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:07

"O‘zbekiston -Ekvatorial Gvineya" futbol matchi bekor qilindi


O‘zbekiston Futbol federatsiyasi 2 iyun kuni O‘zbekiston va Ekvatorial Gvineya milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘yin bekor qilinganini bildirdi.

Xabarda aytilishicha, o‘yin Ekvatorial Gvineya Autbol federatsiyasi tashabbusi bilan bekor qilingan. Bunga sabab qilib, 3 iyun kuni Ekvatorial Gvineya Benin jamoasi bilan Afrika kubogi doirasida maydonga tushishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Autbol federatsiyasi futbol ishqibozldari sotib olingan chiptalarni qaytarishlari mumkinligini bildirdi.

2 iyun kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasida Toshkentning “Bunyodkor” stadionida o‘rtoqlik bellashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq O‘zbekiston tomoni “Futbol federatsiyasining rejasi o‘zgartirilgani “ va Qirg‘iziston terma jamoasi bilan o‘yin bekor qilinganini bildirgan. Mazkur xabardan bir kun o‘tgach, O‘zbekiston terma jamoasi Ekvatorial Gvineya bilan o‘ynashi haqida ma’lum qilingandi.

XS
SM
MD
LG