Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:47

Yevropol qochqinlarga qalbaki viza tayyorlagan jinoiy guruhni qo‘lga oldi


Gretsiya va Chexiyada Yevropaga kirishga harakat qilayotgan qochqinlarga qalbaki viza hamda hujjatlar tayyorlab berishda gumonlangan 20dan ortiq odam qamoqqa olindi.

Yevropolning bildirishicha, sohta hujjatlar va vizalar Yevropa Ittifoqi, Afrika, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlarida uch yarim ming dollardan sotilgan.

Bi-bi-sitarqatgan xabarda, Gretsiya politsiyasi qo‘lga olinganlar qochqinlarni Yevropa chegaralaridan yashirincha olib o‘tilishiga ham aloqador bo‘lganini tasdiqlagani aytiladi.

Mazkur jinoiy guruhning markazi Gretsiya poytaxti Afinada bo‘lgan. Guruhning bir qismi kelib chiqishi sudanlik, ikkinchi qismi esa bangladeshlik odamlar tomonidan nazorat qilingan.

XS
SM
MD
LG