Daromadni soliqdan yashirganlikda ayblanayotgan argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi va uning otasi bugun Barselona mahkamasi savollariga javob berishni boshladi.
Agar Messi va uning otasiga qo‘yilayotgan ayb sudda o‘z isbotini topsa¸ zamonaviy futbol qiroli 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Messi ispan soliq tizimlariga 4¸5 million dollar to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Ayblov tomoni ta’kidicha¸ Messi offshor hududlarda turli qobiq shirkatlar tuzish orqali¸ reklamadan kelgan daromaddan to‘lanadigan soliq miqdorini kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan.
Ayni paytda kuzatuvchilar¸ Messining katta miqdorda jarima to‘lash va kelajakda soliq imtiyozlaridan mahrum bo‘lish evaziga qamoqqa chap berishini aytmoqdalar.
Forbes jurnaliga ko‘ra¸ keyingi o‘n yil davomida dunëning eng qimmatbaho sportchilari o‘nligida qolayotgan Barselona klubi o‘yinchisi Messining boyligi 350 million dollar atrofidadir.