Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:53

Pekin Janubiy Xitoy Dengiziga egalik masalasida o‘z da’volarini yana takrorladi


Xitoy Janubiy Xitoy dengizida o‘z suverenitetini qayta o‘rnatdi.

4 iyun kuni Qo‘shma Shtatlar rasmiylari agar Xitoy dengiz atrofini "harbiylashtirish"da davom etsa, Pekin yakkalanib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi.

5 iyun kuni Singapurda xavfsizlik anjumanida chiqish qilgan Xitoy armiyasi admirali San Jianguo: “Biz muammo yaratmaymiz, ammo muammodan qo‘rqmaymiz,” deya javob qaytardi.

Bir kun muqaddam Mongoliyaga safar qilgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Pekin Janubiy Xitoy dengizi uzra havo hujumlaridan himoya qilish tizimini yaratish rejasidan voz kechishi kerakligini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekinning bu amali mintaqadagi vaziyatni "beqarorlashtiradi".

AQSh Mudofaa vaziri Ashton Karter esa Qo‘shma Shtatlar Osiyoda xavfsizlik kafili sifatida qolish niyatida ekanini aytdi.

Xitoy Sharqiy Xitoy dengizi uzra havo hujumlaridan himoya tizimini 2013 yilda o‘rnatgan edi.

Janubiy Xitoy dengizi masalasida Xitoy tashlagan qadamlar Yaponiya, Hindiston, Vyetnam, Tayvan va Janubiy Koreya xavotirlarini kuchaytirgan.

Xitoy dengizning deyarli barcha hududlariga egalik qilishini aytadi, ammo Bruney, Malayziya, Filippin, Tayvan va Vetnam ham dengizning ba’zi hududlari ularga qarashli ekanini da’vo qiladi.

Har yili ushbu dengizdan bir necha trillion dollarlik mahsulotlar olib o‘tiladi.

XS
SM
MD
LG