Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:30

Turkman muxolifatchisi prezident Berdimuhammedovdan iste’foga chiqishni so‘radi


Xorijda tashkil etilgan Turkmaniston Respublika partiyasi rahbari Nurmuhammed Xannamov o‘zi va partiyadoshlari nomidan prezident Qurbonquli Berdimuhammedovni davlat boshqarish salohiyati yo‘qligini tan olib, iste’foga ketishga chaqirdi.

Muxolifatchining bu chaqirig‘i o‘rin olgan ochiq xat kuni kecha turkman muxolifatining “Xronika Turkmenistana” onlayn nashrida chop qilindi.

Xannamov iddaosicha, Turkmanistonni og‘ir ahvoldan qutqarish uchun Berdimuhammedov o‘z lavozimini imkon qadar tezroq tark etishi kerak.

Muxolifatchi amaldagi prezident barpo qilgan “podshohlik”da haqiqat va haqgo‘y uchun joy yo‘qligini urg‘ulaydi.

“U yerda faqat Siz gapirasiz, qonunlarni faqat Siz qabul qilasiz, (birovni ayblash lozim bo‘lsa,) faqat Siz ayblaysiz, qolganlar esa faqat Sizni madh etishlari, paxta terishlari, mol boqishlari, ekin-tikin bilan mashg‘ul bo‘lishlari, neft va gaz qazib olishlari hamda Sizning kundalik haqoratlaringizga chidab, adolatsizlik girdobida yashashlari lozim”, deyiladi turkman muxolifatchisining ochiq xatida.

Xannamov Berdimuhammedovni noqonuniy boylik orttirganlikda, mamlakatni xonavayron qilganlikda, Niyozov davrida boshlangan bo‘hronni kuchaytirganlikda ayblaydi.

Qurbonquli Berdimuhammedov to‘ng‘ich prezident Saparmurod Niyozov olamdan o‘tgan 2006 yildan buyon Turkmanistonni boshqarib keladi. Foreign Policy xalqaro nashri Berdimuhammedovni jahondagi eng yomon 23 diktator qatoriga kiritgan.

XS
SM
MD
LG