Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:37

O‘zbekistonda IShIDchilikda ayblangan Avakyanning advokati ozod qilindi


O‘zbek rasmiylari “Islomiy davlat” guruhiga aloqadorlikda ayblanib sudlangan armani fermer Aramais Avakyanning adkovatini ozod qildilar. Shu yil mart oyida hibsga olingan advokat Odil Qobilov pora berganlik va tovlamachilikda ayblanib, 7 yilga qamalgandi. Qobilov telefon orqali suhbatda qamoqdan ozod qilingani va hozir uyda ekanini aytdi, biroq boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi.

Shu yil fevralida Odil Qobilov himoyasi ostida bo‘lgan 34 yoshli fermer Aramais Avakyan ekstremistik faoliyatda ayblanib, 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Mazkur ish bo‘yicha jami besh kishi sudlanib, uzoq yillarga qamoq jazosiga hukm qilinganlar.

O‘tgan yilning sentyabr oyida qo‘lga olingan Avakyan bu mahkamada aybini tan olmagan yagona shaxs bo‘lgan. Armani millatiga mansub nasroniy Aramais Avakyanning IShIDga xayrixohlikda ayblanishi ko‘pchilikda savol uyg‘otgan.

Avakyanning yaqinlari fermerga qarshi ayblov unga qarashli baliq xo‘jaligini tortib olish uchun Paxtakor tuman rasmiylari tomonidan uydirilganini iddao qiladilar.

XS
SM
MD
LG