Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:12

Toshkent sammitiga ShHTga a’zo barcha davlat rahbarlari kelishi kutilmoqda


ShHTga a’zo barcha mamlakatlar, ya’ni Rossiya, Xitoy, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston rahbarlari 23-24 iyun kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan sammitga kelishlarini tasdiqlaganlar. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Anvar Nosirov 20 iyun kuni Toshkentda o‘tkazilgan brifing chog‘ida bildirgan.

Vazir muoviniga ko‘ra, Toshkent sammitida ShHTdakuzatuvchi maqomiga ega Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Pokiston prezidentlari, Hindiston bosh vaziri va Eron tashqi ishlar vaziri ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston sammitga mehmon sifatida Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedovni ham taklif etgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev shu yil 24 mart kuni jurnalistlar oldida qilgan chiqishida iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitda qatnashmasligini bildirgandi. Atambaev bu bayonotni o‘sha paytda o‘zbek-qirg‘iz chegarasida yuzaga kelgan tarang vaziyat tufayli bergan. O‘zbekiston poytaxtidagi sammitga borish masalasi hamon ochiq qolayotganini Qirg‘iziston prezidenti may oyi boshlarida Rossiyaning Interfaks agentligiga bergan suhbatida ham qayd etgandi.

8 mart kuni Qirg‘iziston janubidagi Axsi tumaniga qarashli Chalasart uchastkasiga O‘zbekiston 40 chog‘li askar va harbiy texnika kiritgandi. Bunga javoban Qirg‘iziston ham shuncha askar va texnika kiritgan. Oradan 8 kun o‘tgach, muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston o‘z askarlarini Chalasartdan olib chiqib ketgan.

XS
SM
MD
LG