Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:11

Kemeron britaniyaliklarni Yevropa Ittifoqi uchun ovoz berishga chaqirdi


Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron seshanba kuni televideniya orqali so‘zlagan nutqida barcha saylovchilarni Yevropa Ittifoqi uchun ovoz berishga chaqirdi.

Ertaga bo‘ladigan referendum arafasida Kemeron Yevropa Ittifoqidan chiqish Britaniya iqtisodiga va milliy xavfsizligiga tahdid solishidan ogohlantirdi. Unga ko‘ra, Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqsa, aholining ish bilan bandligi ozayadi, narxlar ko‘tariladi, ittifoqchilar soni kamayadi.

Britaniyada Yevropa Ittifoqidan chiqish yoki qolish yuzasidan referendum bundan uch kun avval o‘tkazilishi lozim edi. Biroq 17 iyun kuni yevrointegratsiya tarafdori bo‘lgan parlament deputati 41 yoshli Jo Koks vahshiyona o‘ldirilishi munosabati bilan referendumni o‘tkazish kuni o‘zgartirilgan edi.

XS
SM
MD
LG