Germaniya prokurorlarining bildirishicha¸ 22 iyun kuni mamlakat g‘arbidagi Rhine-Westphalia mintaqasida tojikistonlik Muhammadsaid S. degan shaxs hibsga olingan.
Ismi-sharifi to‘liq ochiqlanmayotgan bu shaxsning Suriyadagi ishidchilar safida jang qilgani gumonlanmoqda.
30 yashar tojikistonlik¸ aytilishicha¸ 2015 yil aprelida Tojikistondan Suriyaga ketgan va bu yerda IShID safiga qo‘shilgan.
Qo‘lga olingan shaxs videomurojaatlar qilib tojikistonliklarni IShID safida jihod qilishga chaqirgan.
Nemis prokurorlariga ko‘ra¸ Muhammadsaid 2015 yil sentyabrida Suriyadan chiqib ketgan va ko‘p o‘tmay Germaniyada paydo bo‘lgan.
Tojik jihodchisining suriyalik qochqinlarga qo‘shilib YeI¸ so‘ngra Germaniyaga kelgani taxmin qilinmoqda.