Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 07:22

Toshkentda 1,4 tonna narkotik yoqildi


Bugun Toshkentda musodara qilingan 1 tonna 438 kilogramm giyohvandlik moddalari yoqib, yo‘q qilindi.

Daryo.uz sayti ma’lumotiga ko‘ra, bu bir oy davomida o‘tkazilgan reydlar natijasida aniqlangan narkotik moddalardir.

Bir oy ichida jumladan, 145 kilogramm geroin, 655 kilogramm opiy, 115 kilogramm gashish, 496 kilogramm marixuana, 27 kilogramm ko‘knori aniqlangan.

1994 yildan buyon O‘zbekistonda jami 55 tonna 438 kilogramm narkotik moddalar yo‘q qilingan.

XS
SM
MD
LG