Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:24

Olmaliqda tekstil fabrikasi yonib ketdi


Olmaliqdagi "Jasmin" MChJdagi yong‘in
Olmaliqdagi "Jasmin" MChJdagi yong‘in

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi tekstil mahsulotlari va gilam ishlab chiqaradigan fabrikada chiqqan yong‘in qariyb 300 kvadrat metr maydondagi asbob-uskuna va mollarni kul qildi. Voqea guvohlarining aytishlaricha, yong‘in yarim kechasi chiqqan.

Olmaliq shahridagi "Jasmin-Tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli fabrikada 7 iyulga o‘tar kechasi yong‘in chiqdi.

Voqeaga guvoh bo‘lgan olmaliqlik manbaning aytishicha, yong‘in ko‘lami juda katta bo‘lgan:

"Bu avval gilam gilam fabrikasi edi. keyin tekstil mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonaga aylantirildi. Korxona mening uyimdan ko‘rinib turadi. Kechasi soat o‘n ikkilardan o‘tgan edi. Birdan o‘sha tomon yorisha boshladi. Turib qarasam kovroviy yonayotgan ekan. Bir pasdan keiyn pojarniylar yetib kelishdi va yong‘in ertalabga yaqin o‘chirildi", dedi manba.

Olmaliq tumani hokimiyatida ishlaydigan Ozodlik manbasi shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi:

"Yong‘in korxonada hech kim yo‘q paytda, yarim tunda chiqqan. O‘t o‘chiruvchilarning birinchi taxminiga ko‘ra, elektr simlarining qisqa tutashuvi bunga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Yong‘ir ko‘lami 290 kvadrat metr maydonni tashkil qilgan. Oqibatda sintetika mahsulotlari, asbob-uskunalar, sintepon tolalari va gilam chiqindilari yonib kul bo‘lgan", dedi mulozim.

Uning aytishicha, yong‘in yarim kechasi chiqqani bois kuyganlar va qurbon bo‘lganlar bo‘lmagan.

Bundan bir oy muqaddam Toshkentdagi tekstil zavodida portlashlar va yong‘in sodir bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG