Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 00:20

O‘zbek futbolchisi Ilyos Zaytullaev 5 yoshga yoshartirilgani uchun jazolandi


O‘zbek futbolchisi Ilyos Zaytullaev
O‘zbek futbolchisi Ilyos Zaytullaev

Ikki nafar o‘zbek futbolchisining pasportdagi yoshi ataylab yoshartirilgani bois O‘zbekiston Futbol federatsiyasida tekshiruv boshlangani ma’lum bo‘ldi. Federatsiyadagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ futbolchilar Ilyos Zaytullaev va Abbos Maxsitalievlarning pasportdagi yoshi kamaytirib yozilgani bois, ular janjal markazida qolgan.

- O‘tgan oy oxirida Italiyaning O‘zbekistondagi konsuli “Bunyodkor” futbol klubi rahbarlari bilan uchrashganida Ilyos Zaytullaevning yoshi futbol mulozimlari tarafidan ataylab 5 yoshga kamaytirilganini aytdi. Konsulning aytishicha¸ Zaytullaev Italiyada xristian dinini qabul qilgani uchun haqiqatni aytishga qaror qilgan¸ deya iddao qildi manba.

Ozodlik futbolchining o‘zi bilan bog‘lanishga urinmoqda.

O‘zbek futbolchisi Ilyos Zaytullaev keyingi to‘rt mavsumda Italiyaning "Lanchiano" futbol jamoasida o‘ynayotgan edi.

OAVlar tarqatgan ma’lumotga ko‘ra¸ 2001 yildan beri Italiyadagi turli futbol klublarida o‘ynagan Ilyos Zaytullaevning yoshi pasportida ko‘rsatilgan kabi 1984 yilning 13 avgusti emas¸ balki 1979 yilning 13 avgustidir.

O‘zbekiston Futbol federeatsiyasidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ Ilyos Zaytullaevning bu iqroridan so‘ng Futbol federatsiyasi uni jazolagan:

- Zaytullaevning Italiya chempionatlarida qozongan barcha sovrinlari bekor qilindi. Bundan buyon Zaytullaevning Italiyada har qanday mavqedagi futbol klublarida o‘ynashi taqiqlandi. Shuningdek, Zaytullaevga Italiya elchixonasi sayyoh sifatida ham viza bermaydigan bo‘ldi. Zaytullaev soxta ma’lumot taqdim qilgani bois, Shengen shartnomasiga a’zo Yevropa davlatlari konsulxonalariga ham ma’lumot yuborilgan¸ deydi manba.

Uning aytishicha¸ Zaytullaevning O‘zbekiston yoshlar komandasi natijalari xam bekor qilinishi kutilmoqda.

Qalloblik bilan bog‘liq futbol janjali markazida qolayotgan Zaytullaev shu kunlarda O‘zbekistondan chiqa olmayotgani Ozodlikka ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Futbol federeatsiyasidagi Ozodlik manbasining iddao qilishicha¸ yoshini kamaytirib ko‘rsatish amaliyoti O‘zbekistonda keng tarqalgan:

- Yoshlar komandasidagilarning aksariyatini yoshi kamida ikki yoshga kamaytirilgan. Bundan 6 yil oldin “Paxtakor” hujumchisi Abbos Maxsitaliev Monakodagi futbol klubiga taklif qilindi. Ammo uning biologik yoshi bilan hujjatdagi yoshi o‘rtasidagi tafovutni fosh qilgan Monako Futbol federatsiyasi undan darhol voz kechdi, deydi manba.

Suhbatdoshning fikricha¸ “o‘zbek futboli g‘irromliklar bois” rivojlanmayapti.

G‘irromliklar to‘g‘risida yozishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston sport matbuoti esa cheklovlar ichida qolmoqda.

O‘tgan yilning 1 dekabrida "Sport" telekanalidan "Sokker klub" va "Futbol sharhi" ko‘rsatuvlari efirdan olib tashlangan, ko‘rsatuv boshlovchi va mualliflari ishdan bo‘shatilgan edi.

Bunga ko‘rsatuvda O‘zbekistondagi futbol jamoalari o‘rtasida "kelishilgan o‘yinlar" va totalizatorga pul tikishdagi qallobliklarning fosh etilishi sabab bo‘lgani aytiladi.

O‘zbekiston futbolidagi “yoshini yashartirish” amaliyoti oqibatlari haqida mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullev bilan gaplashdik.

Бобомурод Абдулла ғирром футбол ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:40 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG