Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 21:13

Myunxen politsiyasi: "Olimpiya" savdo markaziga bir kishi hujum qilgani aniqlandi


Germaniya politsiyasi juma kuni Myunxen shahridagi “Olimpiya” savdo markaziga hujum bir shaxs tomonidan amalga oshirilganini ma’lum qildi. Politsiyaning aytishicha, unda to‘qqiz kishi halok bo‘lgan va yana 16 odam jarohat olgan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir qolmoqda.

Germaniya va Eron qo‘sh vatandoshligiga ega bo‘lgan 18 yashar yigit, politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hujumdan so‘ng o‘zini otib tashlagan.

Shanbaga o‘tar kechasi Myunxenda uch kishi savdo markaziga qurolli hujum qilgani haqida xabarlar tarqalishi ortidan politsiya keng ko‘lamli qidirish amaliyotini boshlagan edi.

Gumonlanuvchining jasadi “Olimpiya” savdo markazidan bir kilometr uzoqlikda topildi.

Myunxen politsiyasi boshlig‘i Xubertus Andrae shanba kuni ertalab o‘tkazilgan matbuot yig‘inida gumonlanuvchi shaxsning politsiyaga ma’lum bo‘lmagani, uning terror guruhlariga aloqadorligi aniqlanmaganini aytdi.

Qurolli hujum uch kishi tomonidan sodir etilgani haqidagi xabarlar guvohlar ikki kishi savdo markazidan mashinada “tez sur’atda” chiqib ketayotganini ko‘rganlaridan keyin tarqaldi.

Ammo Xubertus Andrae ikki nafarning hujumga aloqasi bo‘lmaganini aytdi.

"Ushbu jinoyat motivlari mutlaqo noma’lum," dedi Myunxen politsiyasining boshlig‘i.

Xubertus Andraening ilova qilshicha, qurbonlar orasida yosh bolalar ham bor.

Hodisa ortidan Bavariya poytaxti markazida transport harakati butunlay to‘xtatildi, odamlar temir yo‘l stantsiyasidan evakuatsiya qilindi.

Jamoat transporti hodisadan bir necha soat o‘tib qayta ochildi.

XS
SM
MD
LG