Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:53

Qarshida nogiron pensionerlar 2 oydan buyon naqd pul kutmoqda


Namanganda keksalar pensiya uchun navbatda
Namanganda keksalar pensiya uchun navbatda

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidan bog‘langan pensioner, 2-guruh nogironi Bozorbobo Komilov 2 oydan buyon pensiya berilmayotganidan arz qildi.

Rafiqasi ham 2-guruh nogironi bo‘lgan Komilov banklarning "naqd pul yo‘q", degan javobi ustidan Markaziy Bankka arz qilgani, bank esa viloyatga naqd pul ajratilgani haqida javob berganini aytmoqda:

- Bir hafta oldin Markaziy Bank Qashqadaryo viloyatidagi nogiron pensionerlar uchun naqd pul ajratildi, deb aytdi. Viloyatdagilar esa yo‘q, deyapti. Ikki orada nima bo‘lgani bizga noma’lum. Aslida Vazirlar Mahkamasining qarorida aytib qo‘yibdi - "Nogiron va 80 yoshdan oshgan keksalarning pensiyasi o‘z vaqtida, naqd pulda berilsin", deb. Maygacha oyma-oy olganmiz. Mana ikki oydan beri yo‘q. Biz yashab turgan hududda 190 ta keksa va nogiron pensioner naqd pulda olishi kerak, 2 oydan beri yo‘q. Bizni pensiyadan boshqa kirimimiz yo‘q axir, - deya arz qildi Bozorbobo Komilov.

Quyida u kishining shikoyatini to‘liq tinglashingiz mumkin:

Қаршида ногирон пенсионерлар 2 ойдан буён нақд пул кутмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:00 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG