Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:05

Leningrad viloyatida 33 yashar o‘zbek juvonni pichoqlab ketishdi


Leningrad viloyatida noma’lum shaxslar 33 yashar ayolni og‘ir yaralab, dalada tashlab ketani ma’lum bo‘ldi. Politsiya rasmiylariga ko‘ra, badani pichoq zarbidan ilma-teshik bo‘lgan ayol 2 avgust kechqurun Leningrad viloyatining Yanino qishlog‘i yaqinida topilgan va uning o‘zbekistonlik ekani aniqlangan.

Ozodlik radiosiga Vsevolojsk tumani politsiya bo‘limi rasmiy vakili o‘zbek ayolining qattiq jarohatlanganini tasdiqladi.

- 2 avgustda Leningrad viloyati Vsevolojsk tumani dalasida pichoqlangan ayolning O‘zbekiston fuqarosi ekanligini tasdiqlaymiz. 1982 yilda tug‘ilgan. Bu haqda boshqa ma’lumot berolmaymiz. Hozirda hodisa tafsilotlari tekshirilmoqda, jinoyatchilarni qulga olish amaliyotlari boshlagan, dedi politsiya rasmiysi.

Ozodlik boshqa manbalardan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayol Vsevolojsk markaziy kasalxonasiga keltirilgan va shifokorlar ayolning qorin bo‘shlig‘i, bel, tos va ko‘krak qafasiga chuqur pichoq jarohatlari etkazilganini bildirgan. Shifokorlarga ko‘ra, ayolning ahvoli o‘ta og‘ir.

Ayni vaqtda Sankt-Peterburgda muhojirlar bilan bog‘liq yana bir noxush hodisa yuz berdi.

3 avgustga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg shahrida 3 nafar mahalliy o‘smir 17 yashar Tojikiston vatandoshini pichoqlab ketgan. Og‘ir jarohat olgan tojik o‘smiri shifoxonda jon bergan.

Sankt-Peterburg politsiyachilari ushbu jinoyatga aloqdor uch o‘smir qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.

Ekspertlar Rossiya jamiyatida, jumladan Sankt-Peterburgda millatchilik kayfiyatlari kuchayib borayotgani va ushbu hol, xususan yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganiga ishora etishadi. Huquq faollari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bo‘yicha eng ko‘p ksenofobiya va irqchilik asosidagi jinoyatlar Sankt-Peterburg va Moskvada sodir etiladi.

Moskvadagi "Sova" tahliliy-kuzatuv markazi hisoboti bo‘yicha, Rossiyada 2016 yilning birinchi yarmida millatchilar hujumidan 31 kishi jabrlangan.

XS
SM
MD
LG