Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:04

Taniqli o‘zbek aktyori Matyoqub Matchonov hibsga olingani aytilmoqda


Toshkentdagi bir-biridan mustaqil uchta manbaning Ozodlikka ma’lum qilishicha taniqli aktyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov hibsga olingan.

Matchonovga yaqin manbalarning iddao qilishicha 60 yoshli akter 4 iyul kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Taxtapul mahallasidagi uyidan militsiya va xavfsizlik xodimlari tomonidan olib ketilgan.

Huquq-tartibot idoralariga yaqin Ozodlik manbasi Abror Hidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatri aktyori Matyoqub Matchonov bilan yana ikki shaxs hibsga olinganini ma’lum qildi.

Ulardan biri - Matyoqub Matchonov bilan birga tijoriy shirkat ochgan sherigi va ikkinchisi - uning o‘g‘li ekani iddao qilinmoqda.

Ozodlik ayni manbadan qo‘shimcha ma’lumot ololmadi, biroq Matchonovni yaxshi tanigan bir-biridan mustaqil ikki manba iddaosicha, uning tijoriy sherigi ochgan shirkatga qarashli yengil avtomobil ichidan noma’lum miqdordagi narkotik modda topilgan.

Bu xabarni tasdiqlagan Abror Hidoyatov nomidagi teatr ijodiy rahbarlaridan biri teatr jamoasi 15 avgustda yozgi ta’tildan qaytguniga qadar bu borada qo‘shimcha ma’lumot bera olmasligini bildirdi.

Matyoqub Matchonov 1980 yillar o‘rtalaridan buyon teatr va kinoda o‘nlab esda qoladigan rollarni ijro etib, o‘zbek teatr va kino muxlislari orasida shuhrat topdi.

U "Shaytanat", "Temir erkak", "Sug‘diyona", "Ulfatlar", "Dada", "Arzanda", "Xizmat doirasidan tashqarida ", "Sotqin" kabi filmlardagi rollari bilan keng tomoshabinlarga tanilgan.

Uch farzandning otasi Matyoqub Matchonov 2011 “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Uni yaqindan tanigan hamkasblari va rejissyorlarga ko‘ra, aktyor o‘z ishiga o‘ta talabchanligi, jiddiyligi va samimiyligi bilan ajralib turadi.

Matyoqub Matchonov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari Alisher Sharofiddinovning qudasidir.

General-mayor Alisher Sharafiddinov 2013 yil yanvarida O‘zbekiston prezidentining farmoniga binoan vazifasidan ozod qilingandi.

XS
SM
MD
LG