Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:44

Taniqli aktyor Matyoqub Matchonov ustidan sudning joriy hafta boshlanishi kutilmoqda


Matyoqub Matchonov qirqqa yaqin filmlarda turli rollarni ijro etgan
Matyoqub Matchonov qirqqa yaqin filmlarda turli rollarni ijro etgan

Joriy hafta Toshkentda taniqli aktyor Matyoqub Matchonov ustidan mahkama jarayonining boshlanishi kutilmoqda. 60 yashar Matchonov va yana uch shaxs qator "moliyaviy-iqtisodiy" jinoyatlarda ayblanmoqda. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov 4 iyulda MXX xodimlari tomonidan hibsga olingan edi.

Toshkent shahar Olmazor tuman sudi xodimi Ozodlik muxbiriga Jinoyat ishlari bo‘yicha ayni tuman sudi Matchonov ishini ko‘rib chiqishni 17 avgustdan boshlashini bildirdi.

Uning ma’lum qilishicha,“Matchonov ishini sudya Berdi Qilichov ko‘rib chiqadi”.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov 4 iyulda MXX xodimlari tomonidan hibsga olingan edi.

Tergov ishidan xabardor Ozodlik manbalariga ko‘ra, 60 yashar Matchonov “soxta bankrotlik, savdo qoidalarini buzish va pul yuvish (ya’ni “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish”) kabi moliyaviy-iqtisodiy” jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda.

Matchonovni yaqindan tanigan shaxsning iddao qilishicha, “9 tomdan iborat ish”ni ko‘rib chiqish uchun sudyaga “juda oz vaqt berilgan”.

Ozodlikka shuningdek Matyoqub Matchonov bilan birga yana uch kishining hibsga olingani ma’lum bo‘ldi.

Ayon bo‘lishicha¸ hibsga olinganlar aktyor asos solgan “Marsa” nomli tijoriy shirkat xodimlaridir.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, ayni ish yuzasidan huquq-tartibot idoralari yana ikki shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilgan.

Matchonovni yaqindan tanigan shaxs Ozodlik bilan suhbatda yaqin va uzoq xorijdan turli mahsulotlar keltirib, ulgurji savdo bilan shug‘ullangan “Marsa” shirkati bilan hamkorlik qilgan O‘zbekistonning turli mintaqalardagi boshqa shirkatlar ustidan ham tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Matyoqub Matchonov 1980 yillar o‘rtalaridan o‘zbek teatr va kino muxlislariga yaxshi tanish.

U "Shaytanat", "Temir erkak", "Sug‘diyona", "Ulfatlar", "Dada", "Arzanda", "Xizmat doirasidan tashqarida ", "Sotqin" kabi filmlardagi rollari bilan kinomuxslar orasida shuhrat topgan.

Uch farzandning otasi Matyoqub Matchonov 2011 yili “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Uni yaqindan tanigan hamkasblari va rejissyorlarga ko‘ra, aktyor o‘z ishiga o‘ta talabchanligi, jiddiyligi va samimiyligi bilan ajralib turadi.

Ozodlik "Matchonov ishi" yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganishda davom etayotir.

XS
SM
MD
LG