Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 07:02

Qozog‘iston bosh vazirining Twitter aksiyasi o‘xshamay qoldi


Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov uzoq paytdan beri Twitterdan foydalanib kelsa-da, aftidan, ijtimoiy tarmoqlarning sir-asrorlarini yaxshi bilmaydi. Masimov yaqinda o‘zining ikki Twitter hisobida o‘zining minglab obunachilarini Qozog‘iston mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarni tilga olishga chaqirdi.

Vazir bu bilan #25letNezavisimosti yoki #25KAZ heshteglari yordamida Mustaqillik kuni bayrami oldidan ijobiy fikrlarni to‘plamoqchi bo‘lgani ehtimoldan xoli emas.

Ammo hammasi Masimov o‘ylagandek bo‘lmadi.

Qozog‘istonliklar yuqorida aytib o‘tilgan heshteglar yordamida mamlakatdagi korrupsiya, demokratiyaning ahvoli, politsiya hamda hukumat haqidagi tanqidiy fikrlarini izhor qilishdi.

Qayrat Nurmugambetov ismli fuqaro “Sog‘lom bola tug‘ish uchun tug‘ruqxonada pora berishingiz kerak, farzandingizni bolalar bog‘chasiga joylashtirish uchun yana pora berishingiz kerak. Maktabda-chi? O‘zingiz xulosa qiling”, deb yozdi.

Olmaotalik foydalanuvchi @AlmiriKarpykov “Qarag‘andadagi yengil dvigatelli samolyotlar zavodi besh yilda hali birorta ham uchoq ishlab chiqargani yo‘q”, deb yozdi.

Yana bir qozog‘istonlik mamlakatda hali biror marta hamda demokratik prezident saylovi bo‘lib o‘tmaganini ta’kidladi.

Aydos Kapanov “Bizda hech qachon boshqa prezident saylash imkoni bo‘lmagan”, deb yozdi.

Foydalanuvchi @kasymjanym “Biz banditlar yoki terrorchilardan ham ko‘proq politsiyadan qo‘rqamiz”, deb yozdi.

@parfume_kz Maktabalarda bolalarga bepul nonushta berish bekor qilingani haqida arzlandi.

Yana bir foydalanuvchi “Qozog‘istonda hukumat oshna-og‘aynigarchilikka asoslangan sotsializmni yaratgan bo‘lib, uning asosiy mablag‘ manbai kollektiv mehmat emas, balki qonunlashtirilgan o‘g‘rlikdir”, deb yozdi.

Tabiiyki, bosh vazir tashabbusiga ayrimlar ijobiy javob yozdi, ammo bunday javoblarni asosan @kazinformkz xabar agentligi hamda boshqa davlatlardagi Qozog‘iston elchixonalari yozdi.

@kazinformkz yuqorida tilga olingan heshteglar yordamida Qozog‘istonlik sportchilarning Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritgan yutuqlarini olqishladi hamda mahalliy yangiliklarni yozdi. Ularning biri Masimovning Olmaotadagi sut fabrikasiga qilgan tashrifiga bag‘ishlangan.

XS
SM
MD
LG